Haqiqattv.uz Axborot portali professional kadrlarni ishga taklif qiladi
Talabgorlar quyidagi boʻlimlardan biriga oʻz nomzodlarini taklif qilishlari mumkin:
- Jamiyat (Ijtimoiy sohalarga doir tezkor xabarlar, tahliliy maqolalar va surishtiruvlar oʻtkazishni qamrab oladi);
- Iqtisodiyot (iqtisodiyot, moliya, soliq, bank va savdo sohalaridagi oʻzgarish va yangiliklarni tahlil qilish);
- Rus tahririyati (Oʻzbekiston va xorij yangiliklarini rus tilida yoritib borish);
- Oʻzbek tahririyatida muharrirlik (tahrir, materiallarni saytda eʼlon qilish uchun yakuniy koʻrinishga keltirish).
Jamiyat va iqtisodiyot boʻlimlariga jurnalist kadrlardan tashqari muayyan ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ekspertlar ham ishga qabul qilinadi.
Nomzodlarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
- Jurnalist va muharrirlar uchun – jurnalistika va elektron OAV sohasida kamida 2 yillik muvaffaqiyatli ish tajribasiga ega boʻlish;
- Ekspertlar uchun – oʻz sohasidagi zamonaviy tendensiyalardan xabardorlik, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga obyektiv baho berish, oʻz fikrlarini ravon ifodalay olish;
- Saytning Toshkent shahridagi bosh ofisida toʻliq ish vaqti rejimida ishlash;
- Kompyuter va internetda eng birlamchi dasturlardan foydalana bilish, matnlarni tez va bexato terish;
- O`zbek yoki rus tillarida savodxonlik (boshqa xorijiy tillarni bilish qoʻshimcha ustunlik beradi, ayniqsa ingliz tili).
Yuqoridagi talablarga javob bera oladigan jurnalistlar
elektron pochtasi yoki +998 71-295-02-47, +998 71-295-05-82 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.