17 may 2021, dushanba

Kirish

.UzAutoMotors yangi avlod «Tracker»ining narxini ma'lum qildi

UzAuto Motors kompaniyasi 25 yanvardan boshlab “Chevrolet Tracker” krossoveri oʻrnini egallaydigan yangi avlod “Tracker”ini taqdim etdi.

Yangilangan Trecker panorama lyuk, LED chiroqlar va 8 dyuymlik sensorli ekranga ega boʻlgan audiotizim bilan jihozlangan. Mashina dinamik toʻxtash chiziqlariga ega orqa kamera, katta sigʻimli yukxona va boshqa koʻplab qulayliklarga ega boʻlgan.

Avtomobilning texnik tavsifi:

• zamonaviy uch silindrli ECOTEC turbomotor;

• aralash sikldagi yoqilgʻi sarfi 5,5 l/100 km, quvvati 123 ot kuchi;

• 6 pogʻonali avtomatik uzatmalar qutisi;

• kalitsiz salonga kirish va dvigatelni ishga tushirish;

• yoqilgʻi sarfini tejashga moʻljallangan stop-start intellektual tizimi;

• yangilangan va katta hajmli yukxona.

Yangi “Tracker”ni 25 yanvardan boshlab quyidagi komplektatsiyalarda, Chevrolet standartlari talablariga toʻliq javob beradigan dilerlik markazlaridan xarid qilish mumkin:

Boshlangʻich komplektatsiya: 145 130 000 soʻmdan (QQSsiz), 166 899 500 soʻmdan (QQS bilan). Boshlangʻich komplektatsiyadagi avtomobilni sotib olish istagini bildirgan xaridorlar dilerlik tashkilotlari yoki

elektron manziliga soʻrov qoldirishlari lozim. Yetarli miqdordagi soʻrovlar jamlanganidan soʻng kompaniya ushbu avtomobillarni xaridorlarga yetkazib berilishini taʼminlaydi.

LT komplektatsiya: 193 043 478 soʻm (QQSsiz), 221 999 999 soʻm (QQS bilan).

Avvallari Tracker faqat Xitoy va Braziliyada sotilgan, biroq 12 dekabrda Amerikaning General Motors va Xitoyning SAIC Motor kompaniyalarining SAIC-GM qoʻshma korxonasi yangi “Chevrolet Tracker”ni xalqaro bozorga eksport qilishni boshlagan. 209 ta avtomobildan iborat birinchi partiya Oʻzbekistonga yuborilgan.

Noyabr oyida Shveysariyaning Credit Suisse kompaniyasi UzAuto Motorsʻga investitsion loyihalar, jumladan, General Motorsʻning arzonlashtirilgan GEM platformasidagi yangi modellarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishi uchun 150 million yevrogacha kredit ajratishi maʼlum boʻlgandi.