16 may 2021, yakshanba

Kirish

Koreyaga ketish mashmashasi

Oʻzbekiston Respublikasi Birlashgan mustaqil jurnalist blogerlar matbuot markaziga Xorazm viloyati Xazarasp tumanida yashovchi J.Xudayberganovdan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda taʼkidlanishicha, u Toshkent shahar Sergeli tumanida faoliyat olib borgan «Orzular» xalqaro madaniy hamkorlik oʻquv markazida koreys tilini oʻrganib, Janubiy Koreyada oʻqish uchun 7 ming 800 dollar miqdorida pul toʻlagan. Ammo, oradan bir yildan ortiq vaqt oʻtishiga qaramasdan Janubiy Koreyadagi mutasaddilar uni oʻqishga ham chaqirmadi, toʻlagan pulini ham qaytarib bermadi...

Ushbu murojaatni Oʻzbekiston Respublikasi Birlashgan mustaqil jurnalist blogerlar matbuot markazi jurnalist-blogeri atroflicha oʻrganib chiqdi.

Oʻrganish davomida Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida roʻyxatdan oʻtgan «Go to Korea Study» MCHJ 2018 yilda taʼsis etilib, Janubiy Koreyadagi oliygohlar bilan sharnoma tuzib, Oʻzbekistondagi chet elda oʻqishga talabi bor yoshlarni oʻqishga joylashishi uchun konsulting xizmatlarini koʻrsatish, oʻqishga qabul qilishda kerakli boʻlgan barcha hujjatlarni tayyorlash, oʻqishga qabul qilingan talabalarning viza olishi uchun kerak boʻladigan hujjatlarini tayyorlashda koʻmaklashish bilan faoliyat olib borgan.

“Go to Korea Study” MCHJning taʼsischisi Lee Sang Shik janoblari 2019 yilning oktyabr oyida Janubiy Koreyadagi “Seogang” kasb-xunar kolleji bilan yaqindan tanishib, oʻquv muassasasining haqiqatan ham Janubiy Koreya Respublikasining taʼlim tizimida yetakchi oʻrinda turishini, shuningdek, respublika qonun-qoidasiga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtganligini tekshirib, oʻzbekistonlik abituriyentlarni ushbu kollej bilan shartnoma tuzishga undaydi.

2019 yil 28 noyabr kuni “Seogang” kasb-xunar kolleji direktori Kim Jun Yeong Oʻzbekistonga tashrif buyurib, “Go to Korea Study” MCHJning majlislar zalida Koreyada hunar oʻrganish istagida boʻlgan, koreys tili ilm darajasi Topik 1, 2 yoki KLAT 1, 2 boʻlgan 30 yoshgacha abituriyentlarni kollejda oʻqishga taklif qiladi. Uchrashuvda Kim Jun Yeong D 4-6 viza turi ishlab chiqilganiga koʻp boʻlmaganligi, hozir oʻquv yurtida Vetnamlik oʻquvchilar tahsil olayotgani, kimda kim 31 dekabrga qadar hujjatlarini topshirishga ulgursa, 2020 yil fevral oyiga qolmasdan teleks kodi (viza kodi) ga ega boʻlishi imkoniyati borligi haqida aytib oʻtadi.

Договор

Shundan soʻng “Go to Korea Study” MCHJ xodimlari 37 nafar oʻquvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish va oʻqishga kirish uchun kerak boʻlgan barcha hujjatlarni tayyorlashni boshlaydi. Anketalar toʻldirilib, “Seogang Vocational Collage” ga yuboriladi. Bir oz muddat oʻtgach, yaʼni 2019 yil dekabr oyining birinchi haftasida “Seogang” tomonidan invoise (kontrakt toʻlovini toʻlash uchun hujjat) lar yuboriladi. Ushbu hujjatga asosan 37 nafar oʻquvchi bankka borib oʻz nomlaridan toʻgʻridan toʻgʻri mustaqil ravishda toʻlovlarni amalga oshiradi. Toʻlov haqidagi hujjatlarni “Go to Korea Study” MCHJ xodimlariga topshirishadi. Ular esa bu hujjatlarni imeyl orqali “Seogang” kasb-hunar kollejiga yuborishadi. Kollej direktori Kim Jun Yeor bu hujjatlarni 31 dekabr kuni Janubiy Koreya Respublikasi Migratsiya agentligiga topiradi.

2020 yil 7 yanvar kuni “Seogang” kasb-xunar kolleji direktori Kim Jun Yeong Toshkentga “Go to Korea Study” MCHJ xodimlariga qoʻngʻiroq qilib, oʻquvchilarning ota-onasining yillik daromadini, bank maʼlumotnomasini, tugʻilganlik haqidagi guvohnomasini Oʻzbekistonga qaytadan pochta qilib yuborishligini, “Go to Korea Study” MCHJ xodimlari esa, har bir oʻquvchining uchtadan hujjatlarini apostil qildirib, qaytadan Koreyaga yuborish kerakligini, migratsiya talabi shunday ekanligini aytadi.

Qisqasi, Janubiy Koreya Respublikasining “Seogang” kasb-xunar kolleji direktori Kim Jun Yeor xorazmlik J.Xudoyberganovdan tashqari yana 15 nafar oʻzbekistonlik yoshlarni firibgarlik yoʻli orqali aldab, oʻquvchilarning 124 ming dollar pullarini oʻzlashtirib yuboradi.

Eng achinarlisi, jabrlanuvchilar bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi konsullik-huquqiy departamenti jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, xorijdagi vatandoshlar bilan oʻzaro hamkorlik va migratsiya masalalari boshqarmasi boshligʻi Sh.Mahmudovga murojaat qilganda, janob MAHMUDOV bu masalada huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishni tavsiya qilsa, Toshkent shahar Sergeli tumani Ichi ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlgʻi, polkovnik A.Abdurazoqov esa, Janubiy Koreya Respublikasining “Seogang” kasb-xunar kolleji direktori Kim Jun Yeong, Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidan roʻyxatdan oʻtgan “Go to Korea Study” MCHJ taʼsischisi Lee Sang Shik va “Orzular” xalqaro madaniy hamkorlik oʻquv markazi direktorlari xorazmlik J.Xudoyberganovdan tashqari yana 15 nafar oʻzbekistonlik yoshlarni firibgarlik yoʻli orqali aldab, ularning 124 ming dollar pullarini, oʻzgalarning ishonchiga kirib, aldash yoʻli orqali oʻzlashtirib yuborgan boʻlsada, firibgarlarga nisbatan qonunda belgilangan jazo choralarini koʻrish oʻrniga, “Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-qismiga asosan asoson firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

Vo, ajab! Qarang, Oʻzbekistonda masʼul lavozimda xizmat qiluvchi ikki mansabdor rahbarning bir shikoyatni oʻrganishdagi xulosasi ikki xil boʻlsa, bechora firibgarlarga aldanib, 124 ming dollarga chuv tushgan xorazmlik yoshlar dodini kimga aytsin!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev har yigʻilishda hukumat rahbarlariga qarata: “Xalqimiz bizdan rozi boʻlib yashashi kerak. Ana oʻshanda biz oʻz vazifamizni sidqidildan bajargan boʻlamiz, - deya bod-bod gapirayotgani zamirida xalq manfaati yotganini janob Mahmudov va Abdurazoqovlar anglab yetmagan boʻlsa!

Oʻylaymizki, firibgarlarga aldanib, katta miqdordagi pullaridan ayrilgan xorazmlik yoshlarning shikoyatini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari atroflicha oʻrganib, jabrlanuvchilarning peshona terlari bilan topgan pullarini qaytarishda amaliy yordam beradi. Biz bu mavzuga yana qaytamiz. Kanalimizni kuzatib boring.